
APL. “Manchester Siti” zerikarli kechgan o‘yinda “Chelsi”ni mag‘lub etdi
Hozirgina Angliya Premer-ligasi 29-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Biroz zerikarli va asosan bir tomonlama o‘tgan uchrashuvda Silva tomonidan kiritilgan yagona gol tufayli “shaharliklar” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Angliya Premer-ligasi. 29-tur
Manchester Siti – Chelsi 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 46 Bernardu Silva.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Zinchenko (Danilo, 87), Silva, Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sane, Aguero (Gabriel Jezus, 85).
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes, Pedro (Emerson, 82), Fabregas, Villian (Jiru, 78), Drinkuoter, Azar (Morata, 90), Alonso.
Ogohlantirishlar: Zinchenko (24), Gyundogan (47), Ryudiger (57).
Fikrlar