
APL, 15-tur. Vardining xet-trigi "Lester"ga "Man Siti" ustidan ishonchili g‘alaba keltirdi
Angliya chempionati 15-turida "Lester" o‘z maydonida "Manchester Siti" futbolchilarini qabul qilib, sensatsion natija qayd etdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasida Jeymi Vardi hisobni ochgan bo‘lsa, 5-daqiqada King hisobni oshirdi. 20-daqiqada Vardi o‘z hisobiga dubl yozib qo‘ydi.
78-daqiqada Vardi yana gol kiritib, birinchi marta APL doirasida xet-trikka erishdi va hisob 4:0 ga etkazdi. Kolarov va Nolitoning gollari hisobning qisqarishiga zamin yaratdi.
Lester – Manchester Siti 4:2 (3:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 3 Vardi, 2:0 – 5 King, 3:0 – 20 Vardi, 4:0 – 78 Vardi, 4:1 – 82 Kolarov, 4:2 – 90 Nolito.
Lester – Tsiler, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, King, Amarti, Olbrayton, Marez, Vardi (Grey, 88), Slimani (Okadzaki, 78).
Manchester Siti – Bravo, Stounz, Sanya, Sabaleta, Kolarov, de Bryuyne, Fernando, Gyundogan (Nolito, 68), Navas (Sterling, 58), Silva, Ixeanacho (Ture, 58).
Ogohlantirishlar: Simpson (19), Marez (57), Fernando (67).
Fikrlar