3 nafar kurashchimizda Osiyo chempionatining bronza medaliga ega chiqish imkoni bor

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Xitoyning Tsian shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun erkin kurash bo‘yicha ikkinchi kun bellashuvlari o‘tkazilyapti.

Tecno

Ayni paytga kelib, kechki dasturda medallar uchun bahs olib boruvchi kurashchilar nomi ma’lum. Quvonarlisi, 3 nafar kurashchimiz shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatiga ega. Polvonlarimiz yarim finalda imkoniyatni boy berishdi va endilikda bronza medali uchun bahs olib borishadi, deya xabar bermoqda MOQ. Ularning raqiblari bilan tanishing:

-86 kg: Abdurasul Vahobov – Ganxuyag Ganbatar (Mo‘g‘iliston)
-92 kn: Azizbek Soliev – Atsushi Matsumoto (Yaponiya)
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Dongxvan Kim (J.Koreya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!