2025 yilda Superliga va Pro Liga o‘yinlarida Adidas Tiro Pro to‘plaridan foydalaniladi

  • 7 dekabr, 2024, 18:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2025 yilgi mavsumda foydalanish uchun Liga tomonidan Adidas Tiro Pro to‘plari xarid qilinadi. Superliga va Proliga klublari yangi mavsumdan e’tiboran rasmiy uchrashuvlarni shu to‘plarda o‘tkazadi. 

Tecno

Bunga qadar ikki mavsum davomida Molten to‘plaridan foydalanib kelingandi. Xalqaro maydonda to‘p surayotgan klublar ham aynan Molten to‘plaridan foydalanishidan kelib chiqib, shunday qarorga kelingandi. 

Adidas Tiro Pro to‘plari futbolchilarda qanday taassurot qoldirishini aniqlashtirish masalasida Liga Osiyo maydonlarida mamlakat sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor" va "Nasaf", shuningdek, kelasi mavsum Chempionlar ligasi II musobaqasida ishtirok etadigan "Andijon" klublarini tanlab oldi. Mazkur klublar futbolchilari mashg‘ulotlar davomida Adidas Tiro Pro bilan ishlab ko‘rdi hamda Ligaga o‘zining ijobiy xulosasini taqdim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!