2 avtogol qayd etilgan o‘yinda ”Nyukasl” raqibini taslim etdi

  • 9 fevral, 2022, 02:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 24-turidan o‘rin olgan ”Nyukasl” - ”Everton” uchrashuvi yakuniga etdi. Unda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Qizig‘i, dastlabki golda mezbonlar vakili Lassels o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan 1 daqiqa o‘tar-o‘tmas mehmonlar himoyachisi Xolgeyt o‘z jamoasiga gol urib qo‘ydi.

“Qarg‘alar"ning ikkinchi goli Freyzer hisobiga yozildi, so‘nggi uchinchi gol muallifi esa Tripper bo‘ldi.

Shu tariqa, "Nyukasl”ning ochkolari soni 18taga etdi va klub turnir jadvalida 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi. ”Everton” 19 ochko bilan 16-pog‘onadan o‘rin egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!