19 yoshli futbolchi katta klublar orasida talash bo‘lmoqda

  • 22 sentabr, 2024, 15:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" klubi himoyachi Yarek Gasiorovskiga qiziqish bildirmoqda.

AS nashrining xabariga ko‘ra, madridliklar 19 yoshli himoyachiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Uning transferi katta ahamiyat kasb etadi deb o‘ylanmoqda. Bundan tashqari, Ispaniya yoshlar terma jamoasi futbolchisiga "Inter", "Atletiko Madrid" va "RB Zaltsburg" klublari ham e’tibor qaratmoqda
.
Gasiorovski bilan shartnomada 45 million evro miqdorida tovon puli belgilangan. U jamoada 20 ta o‘yinda maydonga tushsa, shartnoma avtomatik ravishda bir yilga uzaytiriladi va bonus summa ham oshadi.
Himoyachi shu paytgacha La Ligada 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta sariq kartochka ishlab olgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!