“Barsa”da porlagan yulduz ilk bor sovrinsiz qoldi

  • 22 fevral, 2021, 14:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z davrida “Barselona”da porlagan Dani Alves ayni paytda “San Paulo” sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda ushbu jamoa chempionlik uchun kurashni erta tark etdi.

Tecno

Bungacha, “San Paulo” Paulista ligasi, Braziliya kubogi, “Libertadores” kubogi, Janubiy Amerika kubogi kabi musobqalardan ham chiqib ketgan edi.

Shu tariqa, Dani Alves 16 yildan buyon ilk bor mavsumni biror sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi. Umumiy hisobda, braziliyalik yulduz 42 ta sovrin sohibi bo‘lgan. Ularning aksariyatini, ya’ni, 23 tasini “Barselona” tarkibida qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!