
15 ming dollar yohud "Neftchi" legioner hujumchi olib kelyaptimi?
Farg‘onaning "Neftchi" klubi yozgi transfer oynasi chog‘ida tarkibni kuchaytirish borasida ish olib borayogani rost.
SPORTS.uz ga ma’lum bo‘lishicha, farg‘onaliklar bosniya va gertsegovinalik hujumchi - Mirsad Ramich bilan kelishuvga erishmagan. Futbolchining o‘zi farg‘onaliklar u bilan aloqaga chiqmaganini va hozirgi klubi bilan tez orada 3 yillik shartnoma tuzishini ma’lum qildi.
Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi oyiga 15 ming dollar maosh evazigagina O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Fikrlar