
13 avgust kungi professional boks kechasiga qur’a tashlandi. Abbosxon uchun jiddiy raqib!
Ma’lumki, 13 avgust kuni Toshkentda Lift promouterlik kompaniyasi tomonidan katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Xabar berib o‘tganimizdek, ushbu turnirda asosiy karddan avval, o‘ziga xos Gran-Pri turniri tashkil qilinib, unda 63,5 kg vazn toifasida 8 nafar bokschi qur’a tashlash marosimi orqali raqiblarini aniqlashtirib olardi.
Qur’a o‘ziga xos tarzda bo‘lib o‘tdi va qur’a ajoyib juftliklarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, Abbosxon Yuldashev iste’dodli Shohruxbek Kenjaevga qarshi jang qiladi. Mujibullo Tursunov - Raxmatillo Sharipov, Dastanbek Imankaziev (Qirg‘iziston)- Nurim Dilshad (Qozog‘iston), Timur Abdurahmonov- Farrux Arslonov qarama-qarshiligini ko‘rishimiz mumkin.
Qolgan asosiy juftliklar bilan tanishing:
Fikrlar