1-3 mart kunldari dzyudo bo‘yicha Toshkent "Katta Dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tadi

CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, 1-3-mart kunlari Toshkent dzyudo bo‘yicha navbatdagi “Katta Dubulg‘a” turniriga mezbonlik qiladi. Ayni kunlarda mazkur musobaqaga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Tecno

Kecha O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rasmiylari hamda tashkiliy qo‘mita a’zolari bellashuvlarga mezbonlik qiladigan muhtasham “Humo” arenada bo‘lishdi. Arena holati va manzilda qilinishi zarur bo‘lgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi. Sport saroyida nafaqat bellashuvlar balki, dzyudochilarning tayyorgarlik ko‘rishi uchun mo‘ljallangan katta mashg‘ulot zali, hakamlar va murabbiylar uchun maxsus joy, OAV xodimlari uchun sharoit yaratish, mehmonxonalarni joylashtirish masalalari kabi bir qancha yo‘nalishlarda tashkiliy ishlar muhokama qilindi. Har bir xodimga o‘zi mas’ul bo‘lgan ishga sidqidildan yondashishi ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!