
Borna Chorich chorak final ostonasida
Xorvatiyalik Borna Chorich "Miami Open"ning uchinchi davrasidagi to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tib, chorak final yo‘llanmasi uchun bahslashadigan bo‘ldi.
Borna uchinchi davra bosqichida frantsiyalik Jeremi Shardini uch setda, 6:7, 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Choricha Mayami shahrida o‘tayotgan "Masters" turkumiga kiruvchi musobaqaning to‘rtinchi davrasida avstraliyalik Nik Kirgiosga qarshi kortga chiqdi.
Fikrlar