
Rojer Federer "Dubai Duty Free Tennis Championships" g‘olibi
Shveytsariyalik Rojer Federer Dubay shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilgan chempionatning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Rojer musobaqaning final bahsida gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda boy tajribaga ega bo‘lgan Rojer raqibini har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida engdi.
Shu tariqa "Dubai Duty Free Tennis Championships" bosh sovriga ega chiqqan Federer, tashkilotchilar tomonidan 565,635 AQSh dollari pul mukofoti va 500 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar