«Lokomotiv» Antaliyada. Oltinchi kun. Ertalabki mashg‘ulot trenajyor zalida o‘tkazildi

  • 4 fevral, 2017, 17:40
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

«Lokomotiv» mana olti kundirki Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa kecha birinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, Turkmanistonning «Oltin Asr» klubini 1:0 hisobida mag‘lub etgani borasida xabar berib o‘tgandik.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “temiryo‘lchilar” mashg‘ulotlarga zo‘r bergan holda shug‘ullanishmoqda.

Bugun ertalabki mashg‘ulot trenajyor zalida tashkil etildi. Futbolchilar jismoniy mashqlar ustida ishlashdi. Kechki mashg‘ulot esa futbol maydonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!