Zlatan va Lebron siyosiy qarashlari sababli «janjallashib» ketdi! Ularning qay biri haq?

  • 28 fevral, 2021, 23:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz futbol va basketbol yulduzlari o‘rtasidagi keskin munosabat borasida fikr yuritadi.

Tecno

Barchasi Zlatan Lebronni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqid qilishidan boshlandi. «Milan» hujumchisi Lebron Jeymsni ko‘pincha sportdan chetga chiqishi va siyosat haqidagi fikrlariga munosabatini bildirdi.

«U fantastik basketbolchi, ammo mashhur insonlarning siyosat haqida o‘z qarashlarini oshkor qilishini xushlamayman. Barchamiz o‘z sohamizdan kelib chiqib, fikr bildirishimiz lozim. Men futbolda o‘zimni yaxshi his qilaman. Shu bois, asosan shu mavzuda mulohazalarim bilan o‘rtoqlashaman. Siyosatchi bo‘lganimda, albatta siyosat bilan shug‘ullangan bo‘lar edim.

O‘ylashimcha, hayotda katta yutuqqa erishgan insonlarning birinchi xatosi ham shunda. Ular o‘z mashhurligidan foydalanib, o‘zlari tushunmagan voqealarning qahramoni bo‘lishga intiladi».

erkgerogkerokge

Zlatanning aytganlari ko‘pchilikda ikki xil fikr uyg‘otgani rost. Afsonaviy basketbolchi darrov javob qaytarishga qaror qildi. Zlatanning so‘zlari omma yuzini ko‘rgach, Lebron o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ko‘rinish berdi.

«Hech qachon jim bo‘lmayman. Nohaqlikni ko‘rsam, albatta bu haqida o‘z e’tirozimni bildiraman. Men irqchilik, nohaqlik, soxta saylovlar va boshqa illatlarni tanqid qilaman. Afsuski, jamiyatimiz bunday illatlardan xoli emas.

Men bu jamiyatning bir bo‘lagiman. O‘z vaqtida, muammolar menda ham bo‘lgan. Shu bois, og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotgan insonlarni yaxshi tushunaman. Aynan shu tufayli, o‘z maktabimdagi bolalar nomidan so‘zlayman. Hozir, men ochgan maktabda 300 ta bolakay tahsil olmoqda. Men ularning himoyachisi va ularning ovoziman.

Platformalardagi sahifalarim orqali chiqishlarda, qorong‘i joylarga nur kiritishga harakat qilaman. O‘ylashimcha, har qanday jamiyatning o‘z muammolari mavjud. Ularga qarshi kurashish uchun yana so‘zga chiqaveraman. Hech qachon birgina sport bilan cheklanib qolmoqchi emasman. Mening so‘zlarim manzilga etib borishiga ishonchim komil.»

Lebron shvetsiyalik futbolchining o‘tmishdagi intervyularidan biriga o‘z munosabatini bildirib o‘tishni ham unutgani yo‘q. Basketbolchi kattagina post qoldirishdan avval, har bir so‘zga e’tibor qaratgani aniq.

Bundan ancha yillar ilgari, Ibrahimovich Shvetsiyadagi irqchilik borasida keskin fikr bildirgan edi.

«Agar mening familiyam Andersson yoki Svensson bo‘lganida, meni doimo himoya qilishgan bo‘lar edi. Hatto, bankni o‘margan taqdirimda ham men davlat himoyasiga olinar edim.»

Bu intervyu ko‘pchilikning yodidan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin, biroq Lebron yana bir bor Zlatanga barchasini eslatib qo‘yishga qaror qilgan ko‘rinadi.

«To‘g‘risi, u aytgan so‘zlarida haqiqat bormikan, deb o‘ylab qolaman?! 2018 yilda Ibrahimovich o‘z familiyasi sababli ko‘plab muammolarga duch kelgani haqida gapirgan edi. Boshqa millat vakili bo‘lgani uchun, irqchilik kayfiyatidagi munosabatga duch kelganini aytgan. Eng qizig‘i shundaki, u bu so‘zlarni aytgan bo‘lsa ham, maydonga chiqishda davom etgan. Meni biror narsada ayblashi mumkin emas. Doimo o‘z ishimni puxta bajarishga o‘rganganman.»

kergkoerkgoekrgokerokg_1

Aslida, bu sportchilar o‘rtasidagi aloqalar iliq edi. Ibra «Los Anjeles Gelaksi» sharafini himoya qilayotgan paytlari, Lebronning «Leykers»ga o‘tgani haqida post qoldirgan edi. MLS yulduzining NBA yulduziga bergan ta’rifi ko‘pchilikning e’tiborini tortgani rost. Endi esa, ular o‘rtasidagi kichik «to‘qnashuv» muxlislar armiyasini ikkiga bo‘lib qo‘ydi. Barcha izohlar orqali o‘z fikrini bildirishga urinmoqda. Kimdir, sportchilarning siyosatda hech qachon ulkan g‘alaba qozonmagani haqida gapirsa, yana kimdir haqiqat bor joyda ochiqlik bo‘lishi tarafdori. Zlatan hozircha Jeymsga javob yo‘llamadi, ammo Ibradan hamma narsa kutish mumkin. Voqealar rivojini SPORTS.uz da kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!