
Zinchenko "Arsenal"ga o‘tsa, "Siti" qaysi futbolchini sotib olishi aniq!
"Manchester Siti" hozircha "Brayton" himoyachisi Mark Kukurelya uchun 60 million evro to‘lashga tayyor emas, ammo himoyachi Aleksandr Zinchenko "Arsenal"ga sotilsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Bu haqda italiyalik insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Zinchenko “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Artetaning mavsumlar oralig‘idagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassis ukrainalik futbolchini markaziy yarim himoyada o‘ynatmoqchi.
O‘z navbatida Zinchenkoning transferidan tushgan mablag‘ "Manchester Siti"ga o‘tishni orzu qilayotgan Kukurelyaning transferiga ishlatilishi mumkin.
Fikrlar