Zidanda yana bir muammo. "Real" futbolchisi jarohat oldi

  • 15 noyabr, 2019, 20:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Real» klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasining mashg‘ulotlarida jarohat oldi. Bu haqda Kolumbiya futbol federatsiyasi xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, Xames Rodriges Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib yuboradi. 28 yoshlik xavbek terma jamoaning mashg‘ulotlarida jarohat oldi. Tizzasidagi og‘riq tufayli mashg‘ulotni erta yakunladi. Endi Xames tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Xames bu mavsum barcha turnirlarda 9 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta gollik pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!