
Zidan yana Ronalduga ustozlik qiladi
PSJ katta ehtimol bilan yozda Maurisio Pochettinoning javobini berib, o‘rniga ishsiz yurgan Zinedin Zidanni olib keladi. Avval bir necha marotaba Zidan Parij kelubini boshqarishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
O‘z navbatida, Krishtianu Ronalduning yaqin kelajakdagi rejalarida PSJ varianti ham yo‘q emas.
Marca va Daily Mirror nashrining xabariga ko‘ra, Zidan “Pari Sen-Jermen”ni qabul qilib olishi bilan klub rahbariyatidan Ronalduning transferini so‘rashni mo‘ljallamoqda. Chunki frantsiyalik mutaxassis “Real”da portugaliyalik yulduz bilan birga muvaffaqiyatli ishlagan.
Ronalduning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha tuzilgan. Biroq, Krishtianuga jamoadagi muhit va o‘yinchilarning salohiyati unchalik ma’qul kelmayapti. Agar Rangnik shogirdlari mavsum oxirida Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, dunyoning eng zo‘r to‘purari yozda klubni tark etishini ma’lum qilgan.
Krishtianu joriy mavsumda Angliya prnemer-ligasida 18 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg‘ol qildi. Chempionlar ligasining guruh bosqichida beshta o‘yinda o‘z hisobiga oltita gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar