
Zidan "Shaxtyor"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
"Real Madrid" ustozi Zinedin Zidan Chempionlar ligasi 5-turi "Shaxtyor"dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoaning ahvoli va keyingi rejalari haqida o‘rtoqlashdi.
"Iste’foga chiqish haqida o‘ylamayapman. Biz qiyin damlarni o‘tkazyapmiz. Natijalar nuqtai nazaridan yomon davr. Bu haqiqat, lekin olg‘a borish kerak. Bugun bizni finalga teng o‘yin kutayotganini bilardik va bunga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi bo‘lim ajoyib o‘tdi, golga loyiq edik, ammo ura olmadik. Oldimizda bitta o‘yin qoldi va endi uni yutish kerak.
Menda kuch etarli va har doimgidek futbolchilar kabi maksimum harakat qilaman. La liganing so‘nggi turida biz chindan ham g‘alabaga loyiq emasdik, ammo bugun emas. Endi boshimizni ko‘tarib, keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak bo‘ladi. Oldimizda boshqa tanlov yo‘q.
O‘yin qiyin bo‘ldi. Ammo raqibga bosim o‘tkazdik, to‘p bilan ko‘p muomala qildik, golli vaziyatlar tashkil qildik. O‘yinni o‘zimizning tomonimizga og‘dirib olish uchun birinchi bo‘lib gol urishimiz kerak edi. Bu bo‘yicha hali ishlaymiz. Nima qilayotganimizni yaxshi bilamiz va harakatdan to‘xtamaymiz.
Hozir qiyin davr, lekin biz xarakter ko‘rsatishimiz kerak. Bugun yutqazishga loyiq emasdik, alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Bugungi muvaffaqiyatsizlik uchun ham so‘nggi uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak", - deydi Zidan.
Fikrlar