
Zidan shaxsan Manega qo‘ng‘iroq qilib uni "Real"ga chaqirdi
“Liverpul” klubi forvardi Sadio Mane “Real” Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” allaqachon senegallik futbolchi bilan bog‘langan. Aniqrog‘i, madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan Mane bilan gaplashgan va uni Madridda ko‘rmoqchi ekanligini aytgan. “Real” ushbu transferni mavsum yakunlangach, ya’ni yozda amalga oshirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Sadio Mane bu mavsum hozircha “Liverpul” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar