Zidan Kanteni "Real"da ko‘rmoqchi

  • 13 sentabr, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” kelasi yil yozgi transferlar davrida frantsiyalik futbolchining transferi masalasida “aristokratlar”ga taklif bilan murojaat qilishni rejalashtirishmoqda.

O‘z navbatida madridliklarning Kantega qiziqish bildirishayotgani haqida “Chelsi”ning xam xabari bor. Kanteni asosan londonliklar safidan “Real”ga ko‘chib o‘tgan futbolchilar – Tibo Kurtua hamda Eden Azarlar o‘zaro suxbat davomida madridliklarga aynan unga o‘xshagan futbolchi kerakligini aytishadi.

Ma’lumot uchun, Kante joriy mavsum “Chelsi” safida jami 3ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!