
Zidan Chempionlar ligasida qaysi jamoa g‘olib chiqishini aytdi
“Real” bosh murabbiyi sifatida Chempionlar ligasida uch marotaba g‘olib chiqqan Zinedin Zidan bu galgi musobaqada qaysi jamoa g‘olib chiqishini aytdi.
Ma’lumki, qit’aning eng nufuzli musobaqasi finalida “Pari Sen-Jermen” va “Inter” o‘zaro raqobatlashadi. O‘yin 31 may kuni Germaniyadaning Myunxen shahrida tashkil etiladi.
- Men ham Evropa Chempionlar ligasini tomosha qilaman, albatta. Men marsellik ekanimga qaramay, bo‘lajak bahsda parijliklar g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman, - dedi Zinedin Zidan.
Ta’kidlash joizki, PSJ jahonning eng badavlat klublaridan biri bo‘lishiga qaramay, Evropa Chempionlar ligasida biror marotaba g‘olib chiqmagan.
Fikrlar