Zidan, tinchlik kerak bo‘lsa PSJga borma!

  • 14 mart, 2022, 14:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ xo‘jayinlari yozda jamoani Frantsiya futboli yulduzi Zinedin Zidanga topshirishni rejalashtirayotgan edi. Avvalroq, tomonlar hamkorlik borasida o‘zaro kelishuvga erishgani haqida ham xabarlar tarqatilgan.

Tecno

Zilan parijliklar taklifini qabul qilishi ortida jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Zinedin Marsel shahrining kambag‘al lekin juda mag‘rur aholisi yashaydigan kvartallaridan birida o‘sgan. Ular parijliklarni, xususan PSJ jamoasini yoqtirmaydi.

AS nashrining yozishicha, Zidan Parij klubini qabul qilsa, hamshaharlarining ishonchini yo‘qotishi mumkin. Yaqinda Zinedin Marseldagi tibbiyot markazining taqdimotiga borganida muxlislar undan PSJni qabul qilmaslikni so‘ragan.

Marselliklar agar Zidan Parijga ko‘chib o‘tsa, PSJning emas, balki Frantsiya terma jamoasining bosh murabbiyi bo‘lishi kerakligini istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!