Zaxa faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

  • 1 avgust, 2019, 15:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Kristal Pelas" klubi yarim himoyachisi Uilfrid Zaxa katta ehtimol bilan faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli futbolchi “Napoli”ning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la boshlagan. Neapolliklar uning uchun London klubiga 66 mln evro to‘lashga tayyor. Qolaversa, Zaxaning o‘zi ham Italiyada o‘ynashga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Zaxa 2013 yildan buyon “Kristal Pelas” safida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 10ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!