Zarruh Adashev yana jangga qaytmoqda. Uning raqibi va jang sanasi ma’lum!

CHERY AUTO

O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Zarruh Adashev ikki yillik tanafffusdan so‘ng yana katta sportga qaytyapti. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, UFCdan ketganidan so‘ng yurtdoshimiz ma’lum bir vaqt sog‘lig‘ini tiklash bilan band bo‘ldi va yana jang qiladigan bo‘ldi. Bu safar Adashev Glory kickboxing ligasida o‘z omadini sinab ko‘radi. Ma’lumki, hamyurtimiz ushbu promoushenda o‘z janglarini o‘tkazgandi. Endilikda Adashev o‘z omadini yana kikboksingda sinab ko‘rishga qaror qilgan. Yurtdoshimizning jang sanasi va raqibi ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. Jang 4 oktyabr kuni Nyu-York shahrida "Medison Skver Garden" arenasida AQSh vakili Omar Ahmedga qarshi bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Albatta, yurtdoshimizga ushbu jangda omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!