
Zamonamizning basketbol yulduzlaridan biri faoliyatini yakunladi
Germaniya terma jamoasi va MBAdagi "Dallas" klubining taniqli basketbolchisi Dirk Novitski faoliyatini yakunladi. Basketbolchi bu haqida biroz avval "Finiks"ga qarshi kechgan uy uchrashuvidan (120:109) so‘ng ma’lum qildi.
Novitski "Dallas" safida oz emas, ko‘p emas naqd 21 mavsum o‘tkazdi. Ushbu davr oralig‘ida bir bor (2007) MBA chempionligini qo‘lga kiritdi, 12 bor MBA ramziy o‘yinchilari qatoridan joy oldi, shuningdek, MBAning qator yo‘nalishlarida yil lauriatiga aylangan.
Yozda 41 yoshni qarshi oladigan basketbol yulduzi o‘zining xayrlashuv uchrashuvida 33 daqiqa maydonda harakat qildi va bu vaqt oralig‘ida 30 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar