
Ana xolos! “Yuventus” Pogbadan yuz o‘girdi
“Manchester Yunayted”dan ketishni rejalashtirayotgan Pol Pogbaning “Yuventus”ga o‘tish ehtimoli yuqoriligi aytilayotgan edi. Frantsiyalik futbolchining transferi borasida tomonlar muzokaralarni ham boshlab qo‘ygan. Manchesterliklar ma’lum bir shartlar evaziga Pogbani Turinga qaytarib yuborishga rozi ekanini ham bildirgandi.
“Yuventus” rahbariyati pandemiya ta’sirida yuzaga kelgan vaziyatni ro‘kach qilib, Pol Pogba transferi bo‘yicha ishlarni to‘xtatganini rasman e’lon qildi.
Endi Pol Pogbada hozirgi jamoasida yuqori marralar uchun kurashishdan boshqa imkoniyat qolmadi. “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher hamon Pogbadan umidvor.
Fikrlar