
"Yuventus"ning ikki etakchisi safga qaytdi
“Yuventus” 21 noyabr kuni A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan “Kalyari”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, yarim himoyachi Federiko Keza va hujumchi Paulo Dibala jarohatidan sog‘ayib umumiy guruhda shug‘ullanishni boshlagan.
Keza joriy mavsum A Seriyada 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Dibala 3 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar