
"Yuventus"ning asosiy himoyachisi jarohat oldi
“Yuventus” ayni damda EChL guruh bosqich 1-turi doirasida Kievda “Dinamo” mehmoni bo‘lyapti.
18-daqiqaga kelib turinliklar himoyachisi Jorjo Kellini jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o‘rniga uchrashuvga Merix Demiral qo‘shildi.
Kellini o‘tgan mavsum o‘ng tizzasidagi jarohati sabab yarim mavsumni o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar