"Yuventus"ga qarshi o‘yingacha "Milan"ning super futbolchisi safga qaytmoqchi

  • 3 iyun, 2020, 16:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan “Yuventus”ga qarshi o‘yingacha sog‘ayishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

38 yoshli Zlatan o‘tgan hafta mashg‘ulotlarda son mushaklaridan jarohat olgan va rahbariyat uning Shvetsiyaga ketishiga ruxsat bergan edi. Ammo, futbolchi bugun qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar va aniq reja bo‘yicha tiklanish uchun yana Milanga qaytib kelgan.

Qishki transferlar davrida erkin agent sifatida “Milan”ga kelib qo‘shilgan Ibragimovich o‘tgan davr mobaynida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!