"Yuventus"ga "Chelsi" futbolchisi kerak
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino yana Italiyaga qaytishi mumkin.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi "Yuventus"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Turinliklar uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olishni rejalashtirgan.
Jorjino uchun A Seriya begona emas. U 2014-2018 yillarda "Napoli" sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgan. Uning transferi 50 mln evroga baholanmoqda.
Jorjino joriy mavsum 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar