
"Yuventus"dan super kambek. Ronaldu 6 daqiqada 2 ta gol urdi (video)
Italiya A Seriyasining 34-turida “Yuventus” safarda “Udineze” mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 1:2 hisobida turinliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “keksa sinora”ga 3 ochko keltirgan har ikkala golga ham Krishtianu Ronaldu (83', 89') mualliflik qildi. “Udineze”ning yagona javob golini Nauel Molina (10') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar