"Yuventus"dan ketishi kutilayotgan Ronaldu xet-trigi bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi

  • 15 mart, 2021, 00:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 27-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Yuventus" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda turinliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

"Keksa senora"ning barcha goliga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Uning xet-trigiga maydon egalari Jovanni Simeonening aniq zarbasi bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, hisobidagi ochkolari sonini 55 taga etkazib olgan "Yuventus" 2-o‘rindagi "Milan" bilan oradagi farqni 1 tagacha qisqartirdi. "Kalyari" hisobida esa 22 ochko mavjud va ular 17-pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!