
"Yuventus"da "ketmoni uchmayotgan" Sarri A Seriyaning boshqa bir klubini boshqarishi mumkin
«Fiorentina» klubi rahbariyati italiyalik mutaxassis Mauritsio Sarrining «Yuventus»dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda.
Football Italia nashrining yozishicha, agar “keksa sinora” 61 yoshli murabbiyni iste’foga chiqarsa, “binafsharanglilar” uni jamoaga taklif qilishmoqchi.
Aytish kerakki, hozirda Sarrining “Yuventus”dagi faoliyatidan nafaqat muxlislar, balki rahbariyat ham qoniqish xosil qilmayapti. Shu sababli uning o‘z lavozimida qolishi so‘roq ostida.
Fikrlar