
"Yuventus" zo‘r murabbiy topdi
"Yuventus" klubining yangi bosh murabbitsi Dide Desham bo‘lishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati ko‘z ostiga olib qo‘ygan murabbiy Zinedin Zidan “Real” bilan shartnoma imzolagach, ular aynan Desham nomzodiga to‘xtalishgan. Ularda shuningdek “Chelsi”dan ketgach ishsiz yurgan Antonio Konte nomzodi ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Desham o‘tgan yoz Frantsiya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar