“Yuventus” yuz o‘girgan yulduzning xaridori ko‘payib ketdi

  • 23 mart, 2022, 12:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati jamoa yulduzi Paulo Dibala bilan yangi bitim imzolamaslikka qaror qilgani oshkor bo‘lganidan keyin argentinalik hujumchining xaridorlari ko‘payib ketdi.

Tecno

Anchadan beri muzokara qilgan turinliklar jamoaga Dushan Vlaxovich kelganidan keyin asosiy hujumchi vazifasini serbiyalik to‘purarga yukladi va endi katta maosh talab qilayotgan Dibalaga ehtiyoj yo‘q, degan qarorga keldi.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Dibala hozirning o‘zida Angliya, Italiya va Ispaniya superklublaridan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Inter”, “Arsenal”, “Atletiko” va “Barselona” vakillari Dibala agentlariga murojaat qilib, bo‘lajak transferga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!