
"Yuventus" yulduzi uchun 2 grand klub kurashmoqda
"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Federiko Keza bir necha grand jamoalarning e’tibor markazida bo‘lib turibdi.
"Sport1" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik futbolchiga Bundesliga jamoalaridan jiddiy qiziqish bor. "Bavariya" hamda "Borussiya" Dortmund uni o‘z safiga qo‘shib olishni niyat qilgan.
"Keksa senora" rahbariyati 23 yoshli yarim himoyachini sotishni istamayapti. Shuning uchun Federiko transferi borasidagi barcha takliflarga rad javobi berilgan. Avvalroq, Evropa chempionatida porlagan Kezaga "Chelsi" va "Liverpul" 100 million evro taklif etgani aytilgandi.
Ortda qolgan mavsumda u turinliklar safida 46 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 15 gol va 11 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar