
"Yuventus" yarim himoyachisi pul talab qilmoqda
"Yuventus" va yarim himoyachi Sami Xedira shartnomani bekor qilish borasida o‘zaro muzokara olib bormoqda.
Jurnalist Nikola Skira bergan ma’lumotga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi bitimni bekor qilish uchun Turin klubidan 3 mln evro tovon puli so‘ramoqda.
Germaniyalik futbolchining "Yuve" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi va uning maoshi yiliga 6 mln evroni tashkil etadi.
Avvalroq, Rossiyaning "Zenit" klubi Xedirani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar