
“Yuventus” Xavining qilig‘idan norozi bo‘lmoqda
“Yuventus” o‘zida ijarada o‘ynayotgan Alvaro Moratani qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan “Barselona”ga jiddiy noroziligini bildirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ispan hujumchisini kelasi mavsum ham o‘ynatmoqchi.
Aslida Alvaro Morata “Atletiko”ga tegishli va mavsum oxirigacha “Yuventus”ga ijaraga berilgan. Turinliklarga “Barselona” bosh murabbiyi Xavining klub ruxsatisiz hujumchi bilan aloqaga chiqqani yoqmayapti.
Xorij matbuoti Alvaro Morata “Barselona”ga o‘tish masalasida kataloniyaliklar bilan kelishib bo‘lgani haqida yozmoqda. Xavi hamyurtini yanvarda “Yuventus”dan ijaraga oladi va keyin kamida 1,5 yillik shartnoma tuzadi.
“Barselona” bu masalada “Atletiko” bilan ham kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Fikrlar