
"Yuventus" va PSJ o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin
PSJ va "Yuventus" o‘zaro yulduz futbolchilarni almashtirishlari mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar hujumchisi Neymar Turinga, “keksa sinora” forvardi Paulo Dibala esa Parijga yo‘l olishi mumkin. “Yuventus” argentinalik futbolchining transferi ustiga frantsuz klubiga yana ma’lum miqdorda mablag‘ qo‘shib bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Neymarga shuningdek "Barselona", "Real" va "Bavariya" kabi grand klublardan ham jiddiy qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, ayni damda Neymarning transfer bahosi 180 million evroga, Dibalaniki esa 85 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar