
"Yuventus" safarda o‘ta qiyin g‘alabaga erishdi (video)
Italiya A Seriyasining 5-turida “Yuventus” safarda “Spetsiya”ga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda 3:2 hisobida turinliklarning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Yuve”ga g‘alaba keltirgan gollarga Moyze Kin (28'), Federiko Keza (66') va Matteys de Ligt (72') mualliflik qildi. “Spetsiya” safida esa Emmanuel Kvartsin Gyasi (33') va Yanis Antiste (49') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar