
"Yuventus" Ronalduning maoshi 10 million evroga qisqartirmoqchi
"Yuventus" futbol klubi jamoadagi futbolchilarning oylik maoshlarini qisqartirmoqchi. Ushbu qaror klub hujumchisi portugaliyalik Krishtianu Ronalduga ham tengishlidir.
Italiya futbol federatsiyasi rahbari Gabriele Gavina futbol klublaridan koronavirus pandemiyasi sabab oylik maoshlarni qisqartirishni so‘ragan. Shu tariqa, jamoalar futbolchilarning maoshidan 30 foizini ushlab qolmoqchi. Buning natijasida "Yuventus" Ronalduning yillik maoshi 10 million evroga qisqarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Ronalduning yillik maoshi 31 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar