
"Yuventus" raqib jamoa yulduzi bilan shartnoma imzolash arafasida
“Latsio” yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, yaqin vaqt ichida serbiyalik futbolchi Turin klubiga o‘tishi kutilyapti. Uning "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi. Futbolchining transfer narxi esa 50 million evroni tashkil qiladi.
Hozircha Turin klubi uni qanchaga sotib olayotgani, aniqrog‘i transfer tafsilotlari aniq emas.
Fikrlar