"Yuventus" "Oltin to‘p"ga da’vogar futbolchini qo‘lga kiritmoqchi

  • 25 fevral, 2022, 11:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi yozda "Chelsi" futbolchisi Jorjinoni harid qilmoqchi. Jamoa yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishga bel bog‘lagan.

Tecno

"Chelsi" futbolchisi uchun himoyachi Aleks Sandro va yana ma’lum miqdorda pul ham so‘ramoqda. "Yuventus" italyanni qo‘lga kiritish uchun har narsaga tayyor, deya xabar berdi "TUTTO mercato" nashri.

Ayni payt turinliklar 30 yoshli iste’dod sohibining "Chelsi" bilan shartnomasi tugashini kutmoqda. "Oltin to‘p"ga da’vogar bo‘lgan italiyalikning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil 30 iyunda yakuniga etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Transfermarkt" portalida Jorjino 45 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!