
"Yuventus" Morata o‘rniga Frantsiya chempionatidan futbolchi topdi
Turinning "Yuventus" klubi qishki transferlar oynasida yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Sport Mediaset" nashri xabar berdi.
Turinliklar bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Jumladan,"keksa sinora" "Marsel" hujumchisi Arkadiush Milikni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda.
2020 yilda "Yuventus" Milikni "Napoli"da to‘p tepayotgan paytidayoq qo‘lga kiritishga urinib ko‘rgan. Yakunda Milik neapolliklar tarkibida qoldi va mavsum yarmida "Marsel"ga ko‘chib o‘tdi.
Polyak joriy mavsum Liga1 doirasida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni vaqtda "Yuventus" uni sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar