
“Yuventus” London klubi etakchisiga da’vogarlik qilmoqda
"Yuventus" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinoga qiziqish bildirmoqda.
“PA Media” nashri xabariga ko‘ra, Turin klubi yarim himoyachi Adrien Raboni "Manchester Yunayted"ga sotganidan keyin italiyalik futbolchining transferini amalga oshirishga harakat qiladi. Avvalroq, Rabo va “Manchester Yunayted” shartnoma shartlarini kelishib olgani ma’lum bo‘lgandi.
Jorjino o‘tgan mavsumda “Chelsi” safida APL doirasidagi 29 ta o‘yida maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar