
"Yuventus" "Liverpul"dan olgan futbolchisini PSJ o‘yinchisiga almashtirmoqchi
PSJ klubi himoyachisi Tomas Mene faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, turinliklar parijliklar bilan o‘zaro futbolchi almashtirishmoqchi. "Yuve" Emre Janni PSJ vakili Tomas Menega almashtirishni rejalashtirmoqda.
Parijliklar uchun ayni paytda markaziy yarim himoyachi kerak. Shuning uchun turinliklar vaziyatdan foydalanib qolishmoqchi. Qolaversa, Tomas Menening shartnomasi mavsum so‘nggida yakunlanadi. Hozircha tomonlar yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazishmayapti.
Fikrlar