"Yuventus" keyingi mavsumda EChLda ishtirok etmasa, Rabo jamoadan ketadi
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrian Rabo kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
27 yoshli futbolchining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Tomonlar hali yangi kelishuv imzolamadi.
"Menda yangilik yo‘q. Onam, (agentim) jamoam rahbariyati bilan so‘nggi uchrashuvidan beri hech narsa o‘zgarmadi.
Albatta, Chempionlar ligasi rejalarimga ta’sir qiladi - men eng yuqori saviyada o‘ynashni xohlayman. Mening kelajagim haqiqatan ham ushbu turnirda ishtirok etishimga bog‘liq.
Biz Evropa Ligasi va A Seriyada kurashni davom ettiryapmiz va mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimizga ishonaman”, dedi frantsiyalik futbolchi "DAZN" nashriga bergan intervyusida.



Fikrlar