"Yuventus" Janluiji o‘rniga boshqa bir Janluijini olib kelmoqchimi?
“Milan” klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini boshqa bir A Seriya grandi safida davom ettirishi mumkin.
Sorriere dello sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli italiyalik posbonga “Yuventus” qiziqib qolgan. Ta’kidlash kerakki, uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Milan” mavsum yakunlangach Donnarummaning sotib yubormoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Janluiji Donnarumma joriy mavsum A Seriyada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 14 ta gol o‘tkazib yubordi.



Fikrlar