
"Yuventus" inqirozda: Sarri ishonchni yo‘qotdi
Italiya matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, "Yuventus" futbolchilari Italiya Kubogi finalida "Napoli"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Maurisio Sarrining o‘yin uslubidan norozi bo‘lishgan.
Xabar qilinishicha, Turin klubi futbolchilari va muxlislari bundan buyon 61 yoshli mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashmaydi. Shuningdek, "Yuventus" A Seriya va Chempionlar Ligasida ajoyib natijalar ko‘rsata olmasa, rahbariyat Sarrini ishdan bo‘shatish variantini ham ko‘rib chiqmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum avvalida "Yuventus" Italiya Superkubogi uchun bo‘lib o‘tgan bahsda "Latsio" ga yutqazib qo‘ygandi.
Milliy chempionatda 26 uchrashuvdan so‘ng "Sarri" jamoasi 63 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi "Latsio" dan bor-yo‘g‘i bir ochko oldinda bormoqda.
Chempionat navbatdagi turi doirasida "Yuventus" "Bolonya" mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar