
"Yuventus" hujumchisiga "Bavariya" qiziqmoqda
"Bavariya" yozda yangi hujumchi sotib olish niyatida. Myunxenliklar radariga Xarri Keyn va Viktor Osimxen kabi futbolchilar tushgan. Shuningdek, jamoa yozda "Yuventus" straykeri Vlaxovichni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkin, deya xabar berdi "Bild" nashri.
24 yoshli hujumchi kelasi mavsumni boshqa klubda davom ettirish eh’timoli bor. Turinliklarning EChLga chiqish imkoniyati pasayib ketdi. Shu sababli, Dushan klubini o‘zgartirishni o‘ylamoqda. U Chempionlar ligasida o‘ynashni istaydi.
Mish-mishlarga qaraganda, Vlaxovich transferini Tuxel xohlamoqda, lekin rahbariyat bu qarorga qarshi.
Fikrlar